22 Iyul 2024, 18:48 Oʻzbekiston

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mlik yoqilg‘isini qo‘lga kiritgan MChJ aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mlik yoqilg‘isini qo‘lga kiritgan MChJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “A.T.” MChJ rahbari D.Yu. (muqaddam sudlangan) F. MChJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd so‘mlik A-95 markadagi benzin yonilg‘isini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar