Samarqandda fuqaro kotlovan qazib, qoʻshnisining uyini qulatgani rad etildi
Tezkor oʻrganish ishlari davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bogʻliq hodisa roʻy bermagani aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro qurilish qilish uchun kotlovan qazib, qoʻshnisining uyini qulatgani haqidagi video lavhalar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Avvalo taʼkidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir boʻlganini izohlovchi biror maʼlumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida soʻzlashayotganini ham eshitish mumkin”, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tezkor oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganish davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bogʻliq hodisa roʻy bermaganligi aniqlangan. Vazirlik yolgʻon axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib oʻtgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 9-qavatdan tushib ketdi Samarqandda sifatsiz qurilayotgan talabalar yotoqxonasi qurilishi to‘xtatildi Toshkentda kotlovan sabab qo‘shni hovlining bir qismi qulab tushdi Toshkentda sal kam 108 mlrd so‘mga 20 ta yer usti piyodalar o‘tish joyi quriladi