10 Iyul 2024, 10:29 •Oʻzbekiston
Buxoro shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Shaharga 2021-yildan boshlab 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sogʻligʻi yomonlashgani sabab oʻz arizasi bilan lavozimidan ozod qilingandi.
Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro shahriga 2021-yildan boshlab 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sogʻligʻi yomonlashgani sabab oʻz arizasi bilan lavozimidan ozod qilingandi.
Uning oʻrniga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Issiqlik taʼminotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Jamol Nosirov 1985-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universitetini va 2008-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Buxoroda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Uch hududda “valyutchik”lar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33