Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi
Soʻnggi vaqtlarda boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Azizbek Mirzajonov lavozimini tark etgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shohruxmirzo Mamajonov 2006-yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009-yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.
Turli yillarda Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pulli xizmatni tashkil qilish boʻlimi boshligʻi, boshqarma boshligʻining tibbiy xizmatni tashkillashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sh. Mamajonov Sogʻliqni saqlash vazirligi Fan-taʼlim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Andijon viloyati SSB boshligʻi lavozimida shu vaqtgacha Azizbek Mirzajonov ishlab kelayotgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda ikkita yuk mashinasi, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir boʻldi Andijonda 612 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Andijonda reklama banneri ilayotgan shaxsni kuchli tok urdi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi