Toifasiz

O‘zbekistonda magnit bo‘roni davom etadi

Quyoshning navbatdagi g‘alayonlanish kuni to‘q sariq rangda bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 10-dekabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da, 11:00 dan keyin ko‘rsatkich 4 ballgacha pasayishi kutilmoqda. Kechga borib bo‘ron shiddati 3 ball darajasida saqlanib turadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная