6 Sentabr 2024, 18:20 Sport

WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi

Promouter Eddi Hirn WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berganini aytdi.

WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn o‘zbekistonlik mijozi Murodjon Ahmadaliyev oxir-oqibat yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qilishi kerakligini aytmoqda.

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida Inoue uchun yagona jang qoldi. Bu haqiqiy jang bo‘ladi. WBA jangni belgiladi… vaqti keldi deydi Hirn.

Mazkur vazn toifasida WBC, WBO, IBF, WBA (Super) kamarlarini egallab turgan Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doenini yettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Murodjon Ahmadaliyev ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha Naoya uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. WBA tashkiloti avvalroq ham bu ikki bokschining jangi uchun rasman buyruq bergan, ammo o‘shanda tomonlar kelishuvga erisha olmagan edi.

Mashhur yangiliklar