4 Noyabr 2024, 14:09 •Sport
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning chempionlik jangi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga promouterlik savdosini e’lon qilgan edi.
Ushbu jang O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar qilmoqda.
“Ayni paytda WBA chempionlik kamari uchun kechadigan ushbu jangni yurtimizda o‘tkazish uchun promouterlar muzokaralarni boshlagan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini, bir nafari Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdumalik Halokov professional boksdagi ikkinchi jangida g‘alaba qozondi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi
Soʻnggi yangiliklar

Prezident Chorvoqdagi yangi turizm markazi loyihasi bilan tanishdi
14 Aprel 2025, 18:00
Gubkin universitetining Toshkentdagi filiali maʼruzalarda targʻibot olib borilgani haqidagi ayblovlarga izoh berdi
14 Aprel 2025, 17:28
Qirgʻiziston Moskvadagi hammomda migrantlar qoʻlga olingani uchun Rossiyaga nota yubordi
14 Aprel 2025, 16:15
Oʻzbekiston Afgʻoniston zaminida paxta va sabzavot yetishtirmoqchi
14 Aprel 2025, 15:54
Oʻzbekistonda Road24 ilovasi ishlamay qoldi
14 Aprel 2025, 15:26
Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
14 Aprel 2025, 15:08
Issiq, sovuq, yomgʻir: Oʻzbekistonga injiq ob-havo yaqinlashmoqda
14 Aprel 2025, 14:26
AQSH bir yilda millionga yaqin muhojirni deportatsiya qilmoqchi
14 Aprel 2025, 12:32