Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida g‘alati hodisa yuz berdi
Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida finishni qayig‘i to‘ntarilgan holda kesib o‘tgan sportchi chempion bo‘ldi. Ammo birozdan so‘ng natija bekor qilindi.
Rossiyalik sportchi Zaxar Petrov Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha chempion bo‘ldi.
Petrov poyga davomida peshqadamlik qildi, biroq marraga yaqinlashganda kanoesi ag‘darilib ketdi va sportchining o‘zi suvga quladi. Oqibatda u shunday holatda finishni kesib o‘tdi.
Hakamlar rossiyalik poygani yakuniga yetkaza olmaganini ta’kidlab, oltin medalni moldovalik Sergey Tarnovskiyga topshirdi.
Biroq, Rossiya baydarka va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi hakamlar qaroriga rasman norozilik bildirdi. Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi shikoyatni asosli deb topdi va oltin medalni Petrovga qaytarishga qaror qildi.
Ammo birozdan so‘ng Zaxardan oltin medal olib qo‘yilgani va u rasmiy protokolda finishga qadar yetib kela olmagani qayd etildi. Oltin medal esa ikkinchi bo’lgan moldovalik Sergey Tarnovskiyga nasib etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya eshkak eshish federatsiyasi ushbu qarordan so‘ng, yana bir bor tashkilotchilar tomon protest kiritgan.
Zaxar Petrov 22 yoshda. Samarqand shahrida eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida u 1 km masofaga Ivan Dmitriyev bilan juftlikda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rossiyaliklar musobaqada betaraf maqomda ishtirok etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi