Qudratillo Abduqahhorov 15-dekabr kuni Meksikada jang qiladi
Jang turnirning ikkinchi asosiy toʻqnashuvi (co main event) maqomida boʻladi.

Super yarimoʻrta vazn toifasida oʻz janglarini oʻtkazib kelayotgan Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Manbaga koʻra, 31 yoshli oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi 15-dekabr tongida Meksikaning Tixuana shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida ringga koʻtariladi.
Abduqahhorovga oʻsha kuni meksikalik tajribali Xorxe Garsiya Peres raqiblik qiladi. Jang turnirning ikkinchi asosiy toʻqnashuvi (co main event) maqomida boʻladi.
Tixuanadagi boks oqshomining markaziy jangi mahalliy bokschi Xayme Mungiya va Fransiya vakili Bruno Syureys oʻrtasida kechadi.
Maʼlumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (20-3-0) soʻnggi jangini may oyida gretsiyalik Andreas Katsurakisga qarshi oʻtkazib, hakamlarning nozolis qarori boʻyicha ochkolar hisobiga koʻra magʻlub boʻlgandi. 27 yoshli Garsiya Peres faoliyati davomida 35 ta jang oʻtkazib, 31 gʻalaba, 4 magʻlubiyat qayd etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdumalik Halokov professional boksdagi ikkinchi jangida g‘alaba qozondi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi
Soʻnggi yangiliklar







