Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovga “vizov” tashladi
Og‘ir vazn toifasidagi qozog‘istonlik bokschi Ivan Dichko o‘zbek bokschisini nokautga uchratishga va’da berdi.
Qozog‘istonlik professional bokschi Ivan Dichkoning navbatdagi raqibi O‘zbekistonlik vakili Bahodir Jalolov bo‘lishi mumkin. Bu haqda Dichkoning menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, kecha, 21 avgust kuni amerikalik bokschi Kreyg Lyuisn (15-8-1, 8 KO) ga qarshi ringga ko‘tarilib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgan Ivan Dichko o‘zbekistonlik bokschi bilan professional ringda uchrashishga qarshi emasligi va uni nokautga uchratishini va’da bergan.
Dichkoning (14-0, 13 KO) menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan ehtimoliy jang vaqtini ma’lum qilgan.
O‘ylashimcha, Jalolov bilan jang kelasi yili bo‘lib o‘tishi mumkin, degan Aliyev.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi Bahodir Jalolov WBC reytingida 3 pog‘ona ko‘tarildi Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtiroki tanqidlarga sabab bo‘lmoqda Bahodir Jalolov havaskor boksdan ketganini ma’lum qildi Bahodir Jalolov Parij Olimpiyadasida tengsiz bo‘ldi