Paralimpiya o‘yinlarida kimlar O‘zbekiston delegatsiyaga bayroqdorlik qilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 XVII Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar bu galgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli bo‘lganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari, Paralimpiya harakatiga qaratgan alohida e’tiborlari tufayli barcha tashkiliy va tayyorgarlik jarayonlari samarali o‘tdi.
Para atletchilar yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta lisenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu O‘zbekiston uchun Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha lisenziyalar va musobaqa ishtirokchilari soni bo‘yicha mutloq rekord ko‘rsatkich ekani alohida qayd etildi.
Sportchilar Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting, kanoe, akademik eshkak eshish, taekvondo, o‘q otish va velosport bo‘yicha ishtirok etadi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.
Aytish joiz, Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qiladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari 28 avgustdan 8 sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Unda Xusniddin Norbekov va Mohigul Hamdamova O‘zbekiston delegatsiyaga bayroqdorlik qilishadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya oltin medalni qo‘lga kiritdi Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi