Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov diskvalifikatsiya qilindi
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Oʻzbekistonlik kanoechi Shohmurod Xolmurodov doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Uznada milliy antidoping agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlangan. Xolmurodov Butunjahon antidoping kodeksiga koʻra 3-yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Sportchidan qaysi musobaqada doping sinama olingani, uning jazo sanasi qachondan hisoblanishi va mahrum qilingan mukofotlari haqida maʻlumot berilmagan.
Shohmurod Holmurodov 2023-yilda Xitoyning Hanchjou shahrida oʻtgan XIX Osiyo oʻyinlarida kanoeda eshkak eshish boʻyicha 1000 metrga suzish bahsida Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli bilan birga juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
Xolmurodovning murabbiyi Serik Merbekov soʻzlariga koʻra, undan 2024-yil 7-martdagi oʻquv mashgʻulot yigʻinida doping nazorati boʻyicha analiz olingan. 1-aprelda test javobi chiqqan va uning qonida “Klomifen” moddasi borligi aniqlangan, yaʻni doping Osiyo oʻyinlari vaqtida aniqlanmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Og‘ir atletikachi Sardor Lapasov 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi O‘zbekistonlik dzyudochining raqibi doping tufayli Olimpiadadan chetlatildi