Oʻzbekiston olimpiya jamoasining Parijga boradigan tarkibi eʼlon qilindi
Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston Oʻrunov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etilgandi.
Oʻzbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij-2024 Olimpiadasiga boradigan 22 futbolchidan iborat roʻyxatini eʼlon qildi.
Avvalgi roʻyxatdan bir futbolchi – Alibek Davronov tushib qoldi. U avvalgi jarohati sababli Parijga yoʻl oladigan tarkibdan oʻrin olmagan.
Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston Oʻrunov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etilgandi.
Avvalroq Osiyo kubogi U23da ishtirok etgan oʻyinchilardan himoyachi Mahmud Mahamadjonov, yarimhimoyachi Hojimat Erkinov, hujumchilar Otabek Joʻraqoʻziyev hamda Ulugʻbek Hoshimov tarkibdan oʻrin olmagandi.
Maʼlumot uchun, turnir davomida 18 nafar futbolchi yakuniy roʻyxatdan joy oladi. Temur Kapadze jamoasi 11-iyul kuni Parijga uchadi. Olimpiada oldidan 15-iyulda Gvineya, 18-iyulda Yangi Zelandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkaziladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 19 sport turida 75 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi Ўзбекистон спортчиларининг Париж-2024 ўйинларига йўлланмалари сони 50 тага етди