Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 22-oktyabr kuni soat 6:30 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida joylashgan xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.
Portlash oqibatida R.S. (52 yosh), M.S. (55 yosh) hamda ularning farzandlari F.X. (22 yosh) va D.X. (17 yosh) voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan vafot etgan shaxslarning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi 4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Buxoroda gaz portlashi orqibatida 2 kishi vafot etdi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi