31 Iyul 2024, 12:42 Sport

Mbappe bir vaqtlar o‘zi o‘ynagan klubni sotib oldi

Fransiyalik futbol yulduzi Kilian Mbappe o‘zi o‘ynagan klub egasiga aylandi.

Mbappe bir vaqtlar o‘zi o‘ynagan klubni sotib oldi

“Real Madrid” yulduzi Kilian Mbappe bolalikdagi orzusini amalga oshirib, Yevropada futbol klubining eng yosh egalaridan biriga aylanadi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi Fransiyaning “Kan” klubi aksiyalarining katta qismini sotib olish uchun taxminan 20 million yevro to‘laydi, qolgan qismi esa kuzatuv kengashi raisi Pyer-Antuan Kaptonga tegishli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda va tez orada yakunlanishi kerak.

Kelishuv natijasida “Real Madrid” yulduzi o‘tgan mavsumda Fransiya ikkinchi divizionida oltinchi o‘rinni egallagan va avvalgi asosiy aksiyador — Amerika investitsiya fondi Oaktri o‘rnini egallagan klubning 80% aksiyalariga ega bo‘ladi.

Kilian Mbappe faoliyatining boshida “Kan” bolalar jamoasida o‘ynagan, ammo byurokratik to‘siqlar sabab klub akademiyasiga kira olmagan.

Ma’lumot uchun, Fransiyalik futbolchi “Real Madrid” klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 30 million yevro maosh oluvchi futbolchi 9-raqamda o‘ynaydi.

Mashhur yangiliklar