7 Avgust 2024, 16:02 Sport, Oʻzbekiston

FIFA O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha JCh timsolini e’lon qildi

Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha JCh timsoli bo‘ldi.

FIFA O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha JCh timsolini e’lon qildi

Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli etib tanlandi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma’lum qilindi.

XON haqiqatan ham futzalning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, tezligi va jozibali tabiati hamda O‘zbekistonning mahalliy va mintaqaviy merosini ifodalaydi,  deyiladi FIFA xabarida.

O‘FA esa “O‘rta Osiyoning yo‘qotilgan boyligi deya ta’riflanadigan Turon yo‘lbarsini Jahon chempionati timsoli deya e’lon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undashi”ni qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mashhur yangiliklar