O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona ko‘tarildi
O‘zbekiston milliy jamoasi yangilangan FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni band etdi.
Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) oktyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 2 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rindan joy oldi. Jamoa hozirda 1429 ochko to‘plab, Osiyoning 7-jamoasi bo‘lib turibdi. Jamoa Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. Osiyoda kuchli uchlikdan Yaponiya, Eron va Koreya Respublikasi joy olgan.
Reytingning eng yuqori o‘rnida amaldagi Jahon chempioni Argentina jamoasi o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlarda Fransiya hamda Ispaniya termalari joylashgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston so‘nggi FIFA kunlarida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. Toshkentda o‘tkazilgan ikki bahsning birida Eron jamoasi bilan durang qayd etgan milliy jamoa 15-oktyabr kuni BAAni minimal (1:0) hisobda g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston milliy jamoasi keyingi uchrashuvini safarda Qatar termasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 14-noyabrga belgilangan.