Espinosani nokautga uchratgan Ahmadaliyev Naoi Inouega murojaat qildi
Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschini WBA bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq jahon chempioni va Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyev birinchi yengil vazn toifasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
15-dekabrga o‘tar kechasi Monte-Karloda (Monako) 30 yoshli o‘zbekistonlik 27 yoshli meksikalik Rikardo Espinosa Frankoni mag‘lubiyatga uchratib, WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlikka erishdi.
Ahmadaliyev birinchi daqiqalardanoq aniq qarshi zarbalar evaziga ustunlikka ega bo‘ldi va uchinchi raunddayoq Espinosani uch marta yiqitib, hakamni jangni to‘xtatishga majbur qildi. Jang texnik nokaut bilan yakunlandi.
Jangdan so‘ng asli namanganlik bokschi mutlaq chempion Naoi Inouega raqiblik qilishga tayyorligini aytib, yaponiyalik bokschini WBA bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
“Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yo‘q. Agar jang qilishni istasang, g‘alabangni “qiymatini” ushlab tur va kut! Men hozir bor eʼtiborimni Gudman bilan jangga qaratganman”, dedi Inoue bunga javoban.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlab oldi va oltin medaldan quruq qoldi Qudratillo Abduqahhorov 15-dekabr kuni Meksikada jang qiladi Murodjon Ahmadaliyev jangidan oldin nigohlar toʻqnashuvida qatnashdi Isroil Madrimov 2 oy ichida 2 ta jang o‘tkazadigan bo‘ldi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi