13 Avgust 2024, 17:07 Sport

Eldor Shomurodov MLS klublaridan biriga o‘tishi mumkin

Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano o‘zbeksitonlik hujumchi Eldor Shomurodovning ehtimoliy transferi haqida ma’lumot berdi.

Eldor Shomurodov MLS klublaridan biriga o‘tishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbeksiton milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov MLS’ning “Atlanta Yunayted” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano Twitter’da ma’lum qildi.

MLS’ning “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni yangi hujumchi sifatida sotib olish taklifi bilan murojaat qildi. Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud, deya yozdi Romano.

MLS (Major League Soccer) — AQSh futbol Federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladigan professional futbol ligasi, bu AQSh futbolining eng yuqori divizioni hisoblanadi. 2023-yilgi mavsumdan boshlab ligada jami 29 jamoa — 26 ta AQSh va 3 ta Kanada klublari ishtirok etmoqda. Liganing “Inter Mayami” klubida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi to‘p suradi.

Mashhur yangiliklar