12 Avgust 2024, 08:50 Sport

Boks federatsiyasi To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i haqida maʼlumot berdi

Murabbiy To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning chempionligini nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchragandi.

Boks federatsiyasi To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i haqida maʼlumot berdi

O‘zbekiston boks federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Kuni kecha terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev sog‘ligida biroz muammolar kuzatilgan hamda sportchilar kiyinish xonasida tashkiliy qo‘mita shifokorlari tomonidan murabbiyimizga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi.

Ushbu yutuqlarda, butun dunyo boksida birinchi bo‘lishimizda murabbiyimizning juda ulkan hissasi bor. To‘lqin Qilichevga sog‘lik tilab, tezroq safimizga qaytishini kutib qolamiz. Ishonamizki, tez kunlarda jamoamiz safiga qaytib, yana bokschilarimizni g‘alabalar tomon boshlab boradi, deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning chempionligini nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchragandi.

 

Mashhur yangiliklar