9 Noyabr 2024, 10:12 Sport

Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioni bo‘ldi.

Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Afruza 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Afruza Hamdamova bugungi kunda Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida tahsil olmoqda.

Mashhur yangiliklar