25 Oktabr 2024, 15:29 Sport

Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlik qilmoqda

Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlar safidan joy oldi.

Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlik qilmoqda

IFFHS (Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi) 2024-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi boʻlishga nomzodlarni maʼlum qildi.

Roʻyxatga 2004-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan futbolchilar kiritilgan va eʼtiborlisi, undan Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy olgan.

  • Lamin Yamal, “Barselona”;
  • Gavi, “Barselona”;
  • Uorren Zair-Emeri, “PSJ”;
  • Joau Nevesh, “PSJ”;
  • Leni Yoro, “Manchester Yunayted”;
  • Kobbi Maynu, “Manchester Yunayted”;
  • Aleksandr Pavlovich, “Bavariya”;
  • Arda Guler, “Real”;
  • Evan Fergyuson, “Brayton”;
  • Dezire Due, “PSJ”;
  • Matis Tel, “Bavariya”;
  • Riko Lyuis, “Manchester Siti”;
  • Samu Omorodion, “Portu”;
  • Jyeymi Gittens, “Borussiya” Dortmund;
  • Romeo Laviya, “Chelsi”;
  • Pau Kubarsi, “Barselona”;
  • Endrik, “Real”;
  • Alexandro Garnacho, “Manchester Yunayted”;
  • Savio Moreyra, “Manchester Siti”;
  • Estevan, “Palmeyras”;
  • Vitor Roke, “Betis”;
  • Kaleb Uayli, “Strasbur”;
  • Abdukodir Husanov, “Lans”;
  • Bilol Al Hannus, “Lester”;
  • Yankuba Minte, “Brayton”.

Mashhur yangiliklar