
Toshkentning ikki tumanida aholi avariya tufayli issiq suvsiz qoldi
15 Aprel 2025, 13:01Angliya Premyer-ligasi doirasidagi “Man Siti” – “Lester” uchrashuvida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushmaganining sababi maʼlum boʻldi.
Himoyachi qaydnomaga kiritilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunga futbolchining jarohat olgani sabab boʻlgani aytilgandi. “Manchester Siti” holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanovga dam berilgan. Unda jarohat yoʻq, futbolchi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik koʻradi.
Maʼlumot uchun, “shaharliklar” keyingi turda hamshahari “Manchester Yunayted” bilan bahs olib boradi.