Xosep Gvardiola “Palermo” bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Abduqodir Husanovni olqishladi
Markaziy himoyachi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 45 daqiqa harakat qildi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Italiyaning «Palermo» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng Abduqodir Husanovni maqtadi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Xosep Gvardiola markaziy himoyachining salohiyati va tezkorligini ta’kidlab, sportchi yana bir bor o‘zini ko‘rsatganini aytdi.
“Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan imzolagan uch nafar yangi futbolchimiz chindan ham yaxshi — men Sherki, Ait-Nuri va Reynders haqida gapiryapman. Yanvar oyida Husanov bilan ham shunday bo‘lgandi va bugun u qanday salohiyatga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. U men ko‘rgan eng tezkor o‘yinchilardan biri”, — dedi Xosep Gvardiola.
Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 45 daqiqa harakat qildi. Ingliz klubi Ispaniyaning “Palermo” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq, Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligidan joy olgani xabar qilingandi. O‘zbekistonlik himoyachi “Real Sosedad” safida to‘p surayotgan yaponiyalik vinger Takefus Kuboni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izohlar