FIFA Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabrikladi
“Manchester Siti” BAAning “Al-Ayn” klubini 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Xalqaro futbol federatsiyasi Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Angliyaning «Manchester Siti» klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida BAAning «Al-Ayn» jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Xalqaro futbol federatsiyasi futbolchini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi debyuti bilan tabriklamoqda. Abduqodir Husanov tarix yaratishda davom etmoqda, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligidan joy oldi. O‘zbekistonlik himoyachi «Real Sosedad»da to‘p surayotgan yaponiyalik vinger Takefus Kuboni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar