Turkiya sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA xorijlik mutaxassisga taklif bilan chiqqan va u o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi Turkiyaning sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Championat Asia” xorijdagi manbalarga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA ushbu sportchini terma jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda, Fotih Terim esa taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli mutaxassis faoliyati davomida bir marta UEFA kubogini qo‘lga kiritgan, sakkiz marta Turkiya Superligasida g‘alaba qozongan, uch marta Turkiya kubogi va to‘rt marta Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq Yoaxim Lyov uzoq o‘ylab ko‘rgani, biroq oxir-oqibat muloyimlik bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy bo‘lishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Sportchi O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ko‘magida O‘FA vakillari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazgan.
Izohlar