Sport

Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida mergan Ilhombek Obidjonov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Finalda sportchi faqat hindistonlik ishtirokchiga imkoniyatni boy berdi.

Qozog‘istonda o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida Ilhombek Obidjonov kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilhombek Obidjonov o‘q otish bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha musobaqada qatnashdi. Hal qiluvchi bosqichda Obidjonov faqat hindistonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.

Mavzuga doir: Uzoq o‘yladim, lekin muloyimlik bilan rad etdim: Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy bo‘lmaydi Sportchi O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ko‘magida O‘FA vakillari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazgan. U 2006-2021-yillarda Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная