Sport

O‘zbekistonlik sportchi sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Aytjan Xalmaxanov final yo‘lida Yaponiya, Rossiya va Qozog‘istondan kelgan raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz final yo‘lida Yaponiya, Rossiya (neytral maqom) va Qozog‘istondan kelgan raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda Xalmaxanov Armaniston vakilini 12:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Bu o‘zbekistonlik kurashchi uchun faoliyatidagi ikkinchi jahon chempionati oltin medali bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Artur Guliyev eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Finalda sportchi ajoyib natija ko‘rsatdi. Jahon birinchiligi Italiyada bo‘lib o‘tdi. 200 metrga yugurish bo‘yicha final bahsida hamyurtimiz 38,63 soniya natija ko‘rsatdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная