Sport

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov o‘yin vaqtida jarohat oldi

Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, terma jamoa himoyachisi CAFA Nations Cup turnirida ishtirok eta olmaydi.

Futbolchi Abduqodir Husanov CAFA Nations Cup turnirida ishtirok eta olmaydi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning “Brayton”ga qarshi o‘yinida o‘zini noqulay his qildi. Tekshiruvdan so‘ng futbolchining chap oyoq boldir mushaklarida kichik jarohat borligi aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tiklanish taxminan 2 hafta davom etadi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, Husanov CAFA Nations Cup turnirida ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligidan joy oldi. O‘zbekistonlik himoyachi «Real Sosedad»da to‘p surayotgan yaponiyalik vinger Takefus Kuboni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная