O‘zbekiston terma jamoasi badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi
Musobaqada 7 ta davlatdan 97 nafar sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik sportchilar badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritib, medallar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan. Musobaqada 7 ta davlatdan 97 nafar sportchi U15, U17 va U23 yosh toifalarida yakkalik, juftlik, miks va jamoaviy yo‘nalishlarda bahs olib bordi.
Natijada, milliy terma jamoa chempionat yakunida 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, medallar reytingida Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq O‘zbekiston so‘nggi 24 yil ichida ilk bor yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Faxriy mukofotni Aytjan Xalmaxanov qo‘lga kiritdi.
Izohlar