O‘zbekiston futbol klubini “Manchester Siti” xo‘jayinlari sotib olishi mumkin
Abduqodir Husanov sotib olingach, dunyoda o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi.

«Manchester Siti» jamoasi xo‘jayinlari O‘zbekiston futbol klublaridan birini sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoalardan biri City Football Group xalqaro xoldingi tarkibiga kirishi mumkin. Otabek Umarovning aytishicha, Yevropa klubi Abduqodir Husanovni sotib olgach, dunyoda o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan. Shuningdek, mutaxassis ehtimoliy bitim mahalliy futbolchilarga xalqaro maydonlardan, murabbiylar va mutaxassislarga ilg‘or uslublar va infratuzilmadan, klubga esa investitsiyalar va global qo‘llab-quvvatlashdan foydalanish imkonini berishini aytdi.
Qolaversa, bu O‘zbekistonning jahon futbolidagi ishtirokini kuchaytiradi, xorijlik muxlislar va skautlarning milliy chempionatga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. «Manchester Siti» tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan klub «Qo‘qon 1912» klubi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, xolding turli yosh toifasidagi terma jamoalarda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik istiqbolli yosh futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi, ushbu xarid tafsilotlari va futbolchining ismi keyinroq ma’lum qilinadi.
Avvalroq, Abduqodir Husanov tanaffusdan so‘ng yana «Man Siti»da o‘ynay boshlashi haqida xabar berilgandi. Angliya jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klublar o‘rtasidagi JCH-2026 uchun tarkibni e’lon qilgan.
Izohlar