Abduqodir Husanov tanaffusdan so‘ng yana “Man Siti”da o‘ynay boshlaydi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klublar o‘rtasidagi JCH-2026 uchun tarkibni e’lon qildi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarni aniqladi, deya xabar bermoqda Chempionat.
Yakuniy ro‘yxatga 27 nafar futbolchi kiritildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan. Ro‘yxatda quyidagilar ham bor:
- Darvozabonlar: Markus Bettinelli, Shtefan Ortega, Ederson;
- himoyachilar: Ruben Diash, Jon Stounz, Natan Ake, Rayan Ait-Nuri, Vitor Reys, Yoshko Gvardiol, Manuel Akanji, Abduqodir Husanov, Riko Lyuis;
- Yarim himoyachilar: Tidjani Reynders, Jeremi Dok-u, Niko Gonsales, Rodri, Ilkay Gyundogan, Bernardu Silva, Savino, Mateush Nunesh, Rayan Sherki, Klaudio Echeverri, Fil Foden, Oskar Bobb, Niko O‘Rayli;
- hujumchilar: Omar Marmush, Erling Xoland.
Ro‘yxatga “Milan”da ijaradan qaytgan Kayl Uoker, “Napoli” bilan shartnomaning so‘nggi detallarini kelishib olayotgan Kevin De Bryuyne, shuningdek, boshqa jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan Jek Grilish kiritilmagan. Klub G guruhida Marokashning “Vidad”, BAAning “Al-Ayn” va “Yuventus” klublari bilan o‘ynaydi. “Man Siti” turnirdagi ilk o‘yinini 18-iyun kuni “Vidad”ga qarshi o‘tkazadi.
Avvalroq, Abduqodir Husanov “Barselona”da o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekistonlik futbolchi ingliz futboli talablariga moslasha olmagani aytilgan.
Izohlar