Navbahor Hamidova Ostonada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sportchi ushbu nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi.

Ostonada boks bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Navbahor Hamidova oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.
Hamidova ushbu nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi. Finalda u uch karra jahon chempioni va turkiyalik Olimpiya chempioni Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Oltin:
- -65 kg: Navbahor Hamidova.
Bronza:
- -54 kg: Feruza Kazakova;
- -75 kg: Aziza Zokirova;
- -80 kg: Sohiba Ro‘zmetova;
- +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar finalga yo‘l olgandi. Musobaqaning final bosqichi Tailandda bo‘lib o‘tadi, unda 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medallar uchun jang qiladi.
Izohlar