O‘zbekistonda raqamli valyutalar va aktivlarni tokenlashtirishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
Prezident Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga Markaziy bank bilan birgalikda tegishli ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistonda hisob-kitoblar uchun steyblkoinlardan (raqamli valyutalar) foydalanishni, shuningdek, fond bozoridagi aktivlarni tokenizatsiya qilishni ma’qullash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ILMAga Markaziy bank bilan birgalikda tegishli topshiriq bergan. Uning ta’kidlashicha, agentlik jamoasi, Markaziy bank va boshqa aloqador vazirliklar «davlat rahbarining ko‘rsatilgan topshirig‘ini bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.»
Eslatib o‘tamiz, Musulmonlar idorasi Fatvo markazi islom dini kriptovalyutalar bilan ishlashni taqiqlashini ma’lum qilgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarishi mumkin. Avvalroq, O‘zbekistonda bukmekerlik idoralari faoliyatiga va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi. Xizmatlardan faqat voyaga yetganlar foydalanishi mumkin.
Izohlar