Pul

MB kreditlarni to‘lash uchun nafaqalar va ijtimoiy to‘lovlarning avtomatik ravishda hisobdan chiqarilishidan norozi bo‘ldi

Regulyator kredit tashkilotlarini to‘lovga rozilik berishga, shuningdek, odamlarga to‘lovlarni qaytarishga chaqirdi.

Markaziy bank kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqa sifatida ajratilgan mablag‘larni kredit tashkilotlari tomonidan qarzlarni qoplash uchun olib qo‘yish amaliyotidan norozi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, regulyator davlat tomonidan kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqa va moddiy yordam sifatida ajratilgan pullarni kredit tashkilotlari kredit qarzdorligini so‘ndirish sifatida pullar plastik kartalarga kelib tushgandan so‘ng darhol olib qo‘yish holatlarini qayd etgan.

Davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, vaqtincha mehnatga layoqatsiz fuqarolar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlariga ajratiladigan ijtimoiy to‘lovlar ijtimoiy himoya vazifasini bajaradi. Regulyator bunday amaliyotni noto‘g‘ri deb hisoblashini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan kredit tashkilotlari fuqarolarning ijtimoiy to‘lovlarini mavjud qarzlarni to‘lashga yo‘naltirishga rozilik berishni joriy etishga chaqirdi. Agar fuqarolardan shikoyat kelib tushsa, kredit tashkiloti ham buni darhol to‘xtatishi va fuqaroga olib qo‘yilgan pul mablag‘larini qaytarishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilgani haqida xabar berilgandi. Avgust oyidan boshlab mamlakatda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar ham oshiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная