Zominda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi
Fuqaro bu harakati bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 4, 30, 51, 53-moddalari talablarini buzgan.

Jizzax viloyati Zomin tumanida ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida video tarqalgan. Shundan so‘ng boshqarmaning tuman bo‘limi va IIB xodimlari olib borgan o‘rganishda ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Fuqaro bu harakati bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 4, 30, 51, 53-moddalari talablarini buzgan, deyiladi xabarda.
Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-modda 1-qismi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa) bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
Qolaversa, 1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







