2 Avgust 2024, 14:21 •Oʻzbekiston
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga olinadi
Ularni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan davlat tashkilotlari javobgarlikka tortilishi mumkin.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
- mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat organlari va tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga joylashtirish xizmati kiritilmoqda;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ularning murojaatisiz ro‘yxatga olinishi tartibi belgilanmoqda;
- mahalliy mehnat organlari tomonidan yo‘llanma asosida ishga yuborilgan shaxslarni, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi bo‘yicha yuborilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni ishga qabul qilishni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etgan davlat tashkilotlariga, davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarga javobgarlik belgilovchi me’yorlar kiritilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi aholini ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi Bolaga nisbatan maishiy zoʻravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08