Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Tinchlik mahallasida mahalliy aholi g‘isht zavodi havoni ifloslantirganini aytgan video paydo bo‘ldi.
Tekshiruv qoidabuzarliklarni tasdiqladi: korxona zarur filtrlash qurilmalarisiz ishlagan. Uning ishi qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar 10 kunga vaqtincha to‘xtatildi.
Zangiotadagi yana bir sexda plastik va polietilenni qayta ishlash niqobi ostida yoqib yuborilgani haqida ham shunga o‘xshash ma’lumot tarqaldi.
Inspektorlar zudlik bilan obyektni tekshirib, u yerda filtrlar yo‘qligi va chiqindilarni tozalash talablariga rioya etilmayotganini aniqladi. Shuningdek, sex faoliyati uskunalar o‘rnatilib, jarayon me’yorga keltirilgunga qadar 10 kunga to‘xtatilgan.




















