8 Iyul 2024, 07:43 Oʻzbekiston

Yunusobod tumanidagi Toshkent YHXBning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopildi

Haydovchilar shahardagi boshqa bo'linmalarga murojaat qilishi mumkin bo'ladi.

Yunusobod tumanidagi Toshkent YHXBning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopildi

Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi 8-iyuldan boshlab ta’mirlash ishlari sababli yopildi.

Boshqarma matbuot xizmati xabar berishicha, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishi mumkin:

  • Mirobod tumani, Beshkent ko‘chasi, 43-uy (Fayzobod);
  • Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi, 53-uy (Uzbum);
  • Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118A-uy (Sobir Rahimov);
  • Sergili tumani, Sergili avtomashina bozor hududida.

Mashhur yangiliklar