8 Noyabr 2024, 12:08 Oʻzbekiston, Jahon

YTTB va YI Xorazmdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi

Fransiyaning Sarimay Solar kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasi quradi.

YTTB va YI Xorazmdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Fransiyaning xalqaro energiya ishlab chiqaruvchisi Voltalia’ga tegishli Sarimay Solar kompaniyasiga O‘zbekistonning Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurish uchun mablag‘ ajratadi.

YTTBning 54,6 million dollargacha bo‘lgan moliyalashtirish paketi 44,8 million dollargacha kredit, shuningdek, qurilish bosqichida Sarimay Solar kompaniyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 9 million yevrolik maxsus moliyalashtirish dasturidan iborat bo‘ladi.

Loyiha YeIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 7 million dollarlik kreditning birinchi transhini qoplash kafolatini oladi. YI mablag‘lari YTTB faoliyat yuritayotgan YIdan tashqaridagi mamlakatlarda iqlim o‘zgarishini yumshatish texnologiyalarini joriy qilishni tezlashtirishga mo‘ljallangan.

Moliyalashtirish Sarimay Solar kompaniyasiga 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirishga yordam beradi, bu O‘zbekistonning 2030 yilgacha 25 GVt gacha quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish maqsadiga hissa qo‘shadi.

Mashhur yangiliklar