Yerni qizil darajadagi magnit bo‘roni qopladi
Quyosh zarbalarining kuchi ertasi kuniyoq pasayadi.

31-oktyabr kuni O‘zbekistonda kuchli “qizil” magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi Meteoagent.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Ko‘rsatkich ertasi kuniyoq 2 ballgacha tushishi kerak.
Olimlarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerakligini ma’lum qilgan edi.
Izohlar