Yerga “qizil” darajadagi magnit bo‘roni yopirildi
Kechga yaqin Quyoshning g‘alayonlari susayadi.

Meteoagent ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktyabr kuni yerga “qizil” darajadagi magnit bo‘roni yopirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit buzilishlarning maksimal kuchi 5 ballni tashkil etgan. Geozarbalarning eng yuqori cho‘qqisi soat 08:00 va 14:00 ga to‘g‘ri keladi, kechga yaqin Quyoshning g‘alayonlari zaiflashadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklar eng quruq va issiq sentyabr oylaridan birini boshdan kechirganini ma’lum qilgan edi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik oylik me’yordan oshib ketdi.
Izohlar