Yaponiya Oʻzbekistonga tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi
Tibbiy mobil konteynerlar kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan.
Yaponiya Oʻzbekistonga 4 ta tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2-iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Yaponiya elchisi Xatori Takashi begʻaraz yordam doirasida amalga oshirilayotgan 3 mlrd iyenalik (6,3 mln dollar) “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” boʻyicha almashinuv notalarini imzolangan.
Unga koʻra, Oʻzbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari, ultratovush, rentgen apparatlari bilan jihozlangan qoʻshimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika boʻylab samarali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlari yaxshilanadi.
Qayd etilishicha, kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham xizmat koʻrsatishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda fuqaroni Yaponiyaga ishga jo‘natish evaziga 7,4 ming dollar olgan shaxs ushlandi O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti yapon tashkilotiga berildi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi bo‘ldi Yaponiyada “Shanshan” tayfuni sabab 5,2 mln aholi evakuatsiya qilinmoqda