Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan.
O‘zbekistonda olti oyda 4537 ta iste’molchi tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga 550 mlrd 290 mln so‘m zarar yetkazildi, deya xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev.
Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida 163,3 mln metr kub tabiiy gaz (249 mlrd 312 mln so‘m) va 220,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (300 mlrd 977 mln so‘m) noqonuniy foydalanilgan. Xususan, 89 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi, 94 ta issiqxona, 94 ta tekstil korxona va 2 ta ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyatida qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
“Energiya resurslaridan ayrim tadbirkorlarning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar ta’minoti barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — dedi Navro‘z Norboboyev.
Shu bilan birga, kriptoaktiv va mayning faoliyati bo‘yicha iste’molchilar 75 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 81 mlrd 604 mln so‘m (15 mln 909 ming kilovatt-soat) miqdori qayta hisob-kitob qilingan.
AYOQSH va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 91 ta holatda 3 mln 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 3382 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi Davron Kabulovning otasi qariyb 345 mln so‘m jarimaga tortildi Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi