9 Yanvar 2025, 09:38 Oʻzbekiston

Yangiyo‘lda nomaʼlum shaxslar ekologiya davlat inspektorlariga jarohat yetkazdi

Hozirda ushbu holat Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Yangiyo‘lda nomaʼlum shaxslar ekologiya davlat inspektorlariga jarohat yetkazdi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yangiyo‘l tuman bo‘limi davlat inspektorlariga nisbatan xizmat vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan bezorilik harakatlari sodir etildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4-yanvar kuni Yangiyo‘l tumani, “Samarqand” MFY hududida tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i A.N. hamda bosh mutaxassis A.J. reyd tadbirlarini olib borayotgan paytda 4 nafar noma’lum shaxs “Jiguli” mashinasida ularning yo‘lini to‘sgan.

Xodimlar o‘zlarini tanishtirish maqsadida xizmat guvohnomalarini taqdim etgan vaqtda huquqbuzarlar ularga tashlanib, turli tan jarohatlari yetkazgan va kiyimlarini yaroqsiz holatga keltirgan.

Inspektorlarga Yangiyo‘l tumani markaziy shifoxonasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli o‘rta darajada deya baholanmoqda.

Hozirda ushbu holat Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Mashhur yangiliklar