Yangiyo‘lda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan shaxs umrbodga qamaldi
Toshkent viloyatida bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan 29 yoshli erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida sodir etilgan jinoyat – bir oilaning 5 a’zosi o‘ldirib ketilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun Toshkent viloyat sudida 1995 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan Z.S.ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi B.Roziqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmi bilan Z.S. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) “a, v, j, z, i” bandlari, 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi , 134-moddasi (Qabrni tahqirlash), 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “v, g” bandlari va 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi bildirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi