Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻzini osib oʻz joniga qasd qildi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa kecha, 24-noyabr kuni Kitob tumani, “Oqsuv” MFY, Xoʻjaisparoz qishlogʻida sodir boʻlgan. 1998-yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 larda xonadonida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan 1996-yilda tugilgan turmush oʻrtogʻi hamda joriy yilning sentyabr oyida tugʻilgan qizini qasddan oʻldirgan.
Shundan soʻng, u yashash uyining xoʻjalik binosida arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib oʻz joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 24-noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Qashqadaryoda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holatlariga chek qoʻyildi Qashqadaryoda 2 kishi kanalizatsiya qudug‘iga tiqilib qoldi Samarqandda 8-sinf qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi Qashqadaryoda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi