“Yangi Toshkent”da yangi metro liniyasi 2026-yil oxirigacha qurilishi rejalashtirilmoqda
Loyiha qiymati 110 mln dollarga baholanmoqda.

“Yangi Toshkent”da 2026-yil oxirigacha yangi metro liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi liniyaning uzunligi 8 km bo‘lib, “Do‘stlik” bekatidan “Yangi Toshkent”gacha bo‘lgan yo‘nalishning bir qismi bo‘ladi. Ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarga baholanmoqda. Mutaxassislar 2025-yilda 11 million dollarni, qolgan 99 million dollarni 2026-yilda o‘zlashtirishni va shu tariqa 2026-yil oxirigacha yangi metro liniyasi qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, investor sifatida Turkiyaning Xvav Yapi Sanayi Ve Tic kompaniyasi ishtirok etadi. 2025-yilda A.S.Viyun davlat rahbariga “Do‘stlik” bekatidan Yangi Toshkentgacha bo‘lgan 21 km uzunlikdagi yangi metro liniyasini qurish loyihasini taqdim etdi.
Avvalroq Yangi Toshkentga yana uchta vazirlik ko‘chib o‘tishi haqida xabar berilgandi. Bo‘shatilgan binolar sotuvga qo‘yiladi.
Izohlar