Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi
Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchi bolani majburlab mashinaga solib, olib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda byuro xodimlari voyaga yetmagan bolalarni mashinada majburlab olib ketgani haqida video tarqaldi. MIB axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Unga ko‘ra, byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar B.Abdullayev hamda S.Egamovalardan undiruvchi G.Ibraximovaning tarbiyasiga ikki nafar farzandini olib berish belgilangan.
9-sentyabr kuni qarzdor S.Egamovaga ijro hujjati mazmuni o‘qib eshittirilganda qarzdor ijro hujjati ijrosini o‘z ixtiyori bilan ta’minlashdan bosh tortgan.
Shundan so‘ng undiruvchi G.Ibraximova, qarzdor S.Egamova, tuman IIB xodimi, xolislar ishtirokida Shovot tumanidagi 34-sonli maktabga borilib, mazkur maktab direktoriga sud ijro hujjati o‘qib eshittirilgan. Undiruvchining ikki nafar farzandi majburiy tartibda uning tarbiyasiga sog‘-salomat olib berilishi ta’minlangan va bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda farzandlar onasi bilan birga va maktabda ta’lim olishni davom ettirmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Xorazmda o‘quvchining onasi va o‘qituvchi janjallashdi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi Jo‘rabek Rahimov Xorazm hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi