Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sardori o‘zgardi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari va bokschilar ishtirokida yig‘ilish 27-sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoaning ishtiroki va Parij Olimpiada sikli sarhisob qilindi va murabbiylarning hisobotlari tinglandi. Ayollar terma jamoamizni kuchaytirish va keyingi musobaqalarga puxta tayyorlash to‘g‘risida ham so‘z bordi.
Yaqinlashib kelayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatini tartibli o‘tkazish va qit’a birinchiligida bokschilarimiz umumjamoa hisobida yuqori natijalar qayd etishi kerakligi ham yig‘ilish mavzusidan joy oldi.
Yig‘ilish davomida, havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi yana bir ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘stmatovga topshirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Hasanboy Do‘stmatov WBO reytingida pastladi Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi